Moliyaviy savodxonlik1 daqiqa
Qarz yukingizni qanday hisoblash kerak
Kredit olishdan oldin oddiy hisob: oylik to'lovlaringiz daromadingizning qancha qismini egallaydi.

Qarz yuki — barcha kreditlaringiz bo'yicha oylik to'lovlar daromadingizning qancha foizini tashkil qilishini ko'rsatadi. Bu raqam qancha past bo'lsa, kutilmagan xarajatlar paydo bo'lganda ham to'lovlarni o'z vaqtida qilish shuncha oson bo'ladi.
Hisoblash uchun ikki raqam kerak: bir oylik sof daromadingiz (oila byudjetiga kiradigan barcha doimiy tushumlar) va hozirgi barcha kreditlaringiz bo'yicha oylik to'lovlar yig'indisi. Yangi kredit olmoqchi bo'lsangiz, uning birinchi oylik to'lovini ham qo'shing — differensial to'lovda eng katta to'lov aynan birinchisi bo'ladi.
Misol: oylik daromad 6 000 000 so'm, mavjud kredit bo'yicha to'lov 1 000 000 so'm. 10 mln so'mni 12 oyga oyiga 4% bilan olsangiz, birinchi to'lov 1 233 333 so'm bo'ladi. Jami: 2 233 333 so'm, ya'ni daromadning taxminan 37 foizi.
Odatda oylik to'lovlar jami daromadning yarmidan oshmasligi tavsiya etiladi. Kredit tashkilotlari ham arizani ko'rib chiqishda qarz yukini baholaydi. To'lovlar daromadning yarmiga yaqinlashsa, pul miqdorini kamaytirish yoki muddatni uzaytirish haqida o'ylab ko'ring.
Saytimizdagi kalkulyatorda pul miqdori va muddatni o'zgartirib, birinchi to'lov va kreditning to'liq qiymatini darhol ko'rishingiz mumkin. Qaror qabul qilishdan oldin oilangiz bilan maslahatlashing.