
Muddatidan oldin to'lash: qancha tejash mumkin
Foiz faqat qolgan qarzga hisoblanadi — qarzni erta yopsangiz, keyingi oylar foizini to'lamaysiz.
O'qishBarcha shartlar bir joyda: oylik foizlar, to'lovlar, ko'p so'raladigan savollarga javoblar va biz bilan bog'lanish yo'llari.
| Mahsulot | Foiz: oylik (yillik) | Pul miqdori | Muddat | Talab |
|---|---|---|---|---|
| Mikroqarzlar | ||||
| Kafillik — guruh kafilligi | 5–6,1%(60–73,2%) | 2 – 15 mln so'm | 3–12 oy | 3–7 kishilik guruh kafilligi |
| Kafillik — rasmiy ish joyiga ega bo'lmaganlar uchun | 6%(72%) | 2 – 7 mln so'm | 3–12 oy | 2 ta kafilSug'urta polisiDaromad to'g'risidagi ma'lumotnoma talab etilmaydi |
| Kafillik — rasmiy ish joyiga ega bo'lganlar uchun | 5%(60%) | 2 – 22 mln so'm | 3–24 oy | Qarzdor va kafildan daromad to'g'risidagi ma'lumotnoma talab etiladi |
| Garov asosida — avtotransport garovi asosida | 4%(48%) | 2 – 50 mln so'm | 3–36 oy | Avtomashina garovi |
| Mikrokreditlar | ||||
| Tadbirkorlar uchun mikrokredit | 4%(48%) | 30 – 300 mln so'm | 6–36 oy | YaTT yoki kichik biznes subyektiGarov yoki kafillik — kredit miqdorining 125% |
Foiz oylik ko'rsatilgan, qavs ichida — yillik nominal stavka (oylik × 12). Foiz qolgan asosiy qarzga hisoblanadi. Hisob-kitoblar taxminiy, aniq shartlar shartnomada.
Kreditni o'zingizga qulay usulda to'lang. To'lov jadvali shartnoma bilan birga qo'lingizga beriladi.
Kassamizda, ish vaqtida.
140108, Samarqand sh., A. Bahodirxon ko'chasi, 2A-uy
Du–Ju 9:00–18:00, tushlik 13:00–14:00
Ilova orqali, shartnoma raqamingiz bilan. Raqamni kredit xodimingiz aytadi yoki qabulxonamizga qo'ng'iroq qilib bilib olasiz.
Istalgan bankdan quyidagi rekvizitlarga. To'lov maqsadida ism-familiyangiz va shartnoma raqamini yozing.
To'lov kuni dam olish yoki bayram kuniga to'g'ri kelsa, keyingi ish kunida to'laysiz.
Kredit siyosatimizga ko'ra quyidagi maqsadlar uchun kredit ajratilmaydi.
Kredit — bu majburiyat. Uni o'z vaqtida qaytarmaslik moliyaviy xavf tug'diradi.
Barcha kreditlaringiz bo'yicha oylik to'lovlar jami daromadingizning yarmidan oshmasin. Kalkulyatorda birinchi oylik to'lovni ko'ring va ariza berishdan oldin oilangiz bilan maslahatlashing.
"Kreditga taqiq" xizmati orqali o'zingizga kredit olishni bepul taqiqlab qo'yishingiz mumkin: kredit byurosi (KATM) portali, my.gov.uz yoki davlat xizmatlari markazi orqali. Taqiq turganda hech bir bank yoki tashkilot nomingizga kredit bera olmaydi.

Foiz faqat qolgan qarzga hisoblanadi — qarzni erta yopsangiz, keyingi oylar foizini to'lamaysiz.
O'qish
Har bir to'lovingiz qayd etiladi: yaxshi tarix keyingi kreditni osonlashtiradi, kechikishlar esa qiyinlashtiradi.

SMS-kod va oldindan to'lov so'rash — firibgarlarning eng ko'p uchraydigan usullari. Va my.gov.uz orqali nomingizga kredit olinishiga bepul taqiq qo'yish.
18 yoshdan katta O'zbekiston Respublikasi fuqarolari. Biz Samarqand shahri hamda Oqdaryo, Payariq, Ishtixon, Urgut va Toyloq tumanlarida xizmat ko'rsatamiz.
Saytda ariza qoldirish uchun hujjat kerak emas — ism va telefon raqami kifoya. Kreditni rasmiylashtirishda ID karta yoki biometrik pasport kerak bo'ladi. Kredit mutaxassisi mahsulot va vaziyatingizga qarab qo'shimcha hujjatlar so'rashi mumkin — qaysilari kerakligini qo'ng'iroqda aytadi.
Yo'q. Arizani ko'rib chiqish, kredit berish, hisob yuritish va muddatidan oldin to'lash uchun komissiya olinmaydi. Siz faqat qolgan qarzga hisoblangan oylik foizni to'laysiz.
Oylik foiz faqat qolgan asosiy qarzga hisoblanadi. Asosiy qarz har oy teng ulushlarda qaytariladi, shuning uchun oylik to'lov har oy kamayib boradi. Saytdagi kalkulyator to'lov jadvalini taxminiy ko'rsatadi, aniq jadval shartnomada beriladi.
Ha, istalgan vaqtda va bepul. Foiz faqat qarzdan haqiqatda foydalanilgan kunlar uchun hisoblanadi.
O'zingizga qulay usulni tanlang: ofisimizga kelib, Click, Payme yoki Paynet ilovalari orqali yoki bank o'tkazmasi bilan. Bank rekvizitlari va har bir usul shu sahifadagi «Qanday to'lash mumkin» bo'limida.
Shartnoma raqamini kredit ajratilganda kredit xodimingiz aytib beradi. Uni istalgan vaqtda qabulxonamizga qo'ng'iroq qilib ham bilib olishingiz mumkin.
Muddati o'tgan asosiy qarzga har bir kechikkan kun uchun 1% penya hisoblanadi, ko'pi bilan 30 kun. To'lashda qiyinchilik bo'lsa, muddati kelishidan oldin bizga murojaat qiling — vaziyatingizni birga ko'rib chiqamiz.
3–7 kishilik guruhni o'zingiz, bir-biringizni yaxshi biladigan va ishonadigan odamlardan tuzasiz. Har bir a'zo o'z qarzini oladi, guruh esa barcha a'zolarning o'z vaqtida to'lashiga kafil bo'ladi. Garov talab qilinmaydi. Bir oiladan faqat bitta kishi qatnashishi mumkin.
Savol, taklif yoki shikoyatingiz bo'lsa, qo'ng'iroq qiling yoki ofisimizga keling. Har bir murojaat ko'rib chiqiladi va sizga javob beriladi.
140108, Samarqand sh., A. Bahodirxon ko'chasi, 2A-uy
Du–Ju 9:00–18:00, tushlik 13:00–14:00
Shanba va yakshanba — dam olish kuni